12:23 / 04.02.2016
3235

Kanisares: Nevill uzr so‘rashi va iste'foga chiqishi shart

"Valensiya" jamoasining sobiq va faxriy darvozaboni Santyago Kanisares "ko‘rshapalaklar"ning hozirdagi bosh murabbiyi Gari Nevillning ko‘rsatayotgan "sharmandali natijalari" tufayli qattiq darg‘azab bo‘ldi. U "Valensiya"ning Ispaniya kubogi yarim finalida "Barselona"ga qarshi birinchi o‘yinni 0:7 hisobida boy berishiga keskin tarzda munosabat bildirdi.

"Bu "Valensiya"ning men ko‘rgan eng yomon o‘yini va eng yomon natijasi bo‘ldi. Bu mag‘lubiyatni "Valensiya"ning 1993 yilda "Karlsrue"dan 0:7 va 1995 yilda "Salamanki"dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani bilan taqqoslash ham o‘rinsiz.

Men umid qilamanki, bu sharmandalikdan keyin bosh murabbiy muxlislardan uzr so‘rashi va iste'foga ketishi kerak. Balki men u haligacha bu ishni qilmaganidan hayron bo‘lib dimog‘dorlik qilayotgandirman. Lekin men o‘ylaymanki, u vijdonli inson", deya yozgan Kanisares o‘z tvitterida.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda "Valensiya" La liga turnir jadvalida 22 turdan keyin 25 ochko jamg‘argan holda 12 o‘rinda qolmoqda.

Nevill jamoa boshqaruviga kelgan kundan beri "Valensiya" uchta turnirda 15ta uchrashuv o‘tkazdi va 5ta mag‘lubiyat hamda 6ta durang qayd etdi.

Top