Norvegiya hukumati yaqin 4 yil ichida Suriya hamda unga yondosh davlatlardagi gumanitar halokat oldini olish ishiga 10 mlrd krona (1.17 mlrd dollar) ajratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda qirollik bosh vaziri Erna Sulberg jurnalistlar bilan o'tkazgan muloqoti chog'ida aytib berdi.

“Bugungi kunda bu dunyodagi eng yirik gumanitar fojiadir, - ta`kidladi hukumat boshlig'i. – Joriy yilda Norvegiya tomonidan 2.4 mlrd krona (280 mln dollar) ajratiladi, va biz moliyalashtirishni 4 yil davomida shu darajada ushlab turamiz. Bu Suriyaning vaziyatini yaxshilashimiz mumkin bo'lgan viloyatlariga bevosita yordam ko'rsatamiz”.