19:52 / 04.02.2016
2168

Tunisda komendantlik soatlari bekor qilindi

Tunis hududida komendantlik soatlari bekor qilindi. Bu haqda mamlakat IIV Facebook orqali xabar qildi.

“Xavfsizlik sohasidagi yaxshilanishlar bois mamlakat hududi bo‘ylab komendantlik soati 2016 yilning 4 fevralidan e'tiboran bekor qilinadi”, - deyiladi xabarnomada.
Tunisda komendantlik soati 22 yanvar kunidan boshlab mamlakatda avj olgan tartibsizlik munosabati bilan joriy qilingan edi.

Top