19:46 / 04.02.2016
3584

YouTube o‘z filmi va serialini anons qildi

YouTube videoxostingi 3ta film va PewDiePie nomi ostida mashhur bo‘lgan shved videoblogeri Feliks Kellberg ishtirokidagi serial namoyishiga tayyorlanmoqda. Bu haqida Variety xabar bergan.

Eksklyuziv filmlar va dasturlar faqatgina YouTube Red obunachalari uchun. Pullik obuna o‘tgan yilning oktabr oyida start olgandi. 10 dollarlik obuna reklamalarni o‘chirib qo‘yish va YouTube`ning asl kontentiga kirish imkonini beradi.

Uch filmdan biri: «Yakkashohlar mamlakatiga sayohat» nomli hujjatli film. Unda bloger Lili Singxning butun jahon bo‘ylab sayohati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, «Raqqos oromgoh» (AwesomenessTVdan musiqiy drama) va Rooster Teeth hamda Fullscreen Films`ning «Lazer jamoasi» nomli fantastik ekshen-komediyasi namoyishga qo‘yiladi.

«Qo‘rq, PewDiePie» serialida YouTube`da 42 million obunachisi bo‘lgan mashhur bloger bosh rolni ijro etgan. Serial «Yuruvchi murdalar»ning prodyusserlari ishtirokida tayyorlanmoqda. Shou horror janrida bo‘lib, u blogerning videoo‘yinlarga muhabbati asosiga qurilgan. Bosh qahramon o‘z imkoniyatlarini doimiy ravishda qo‘rquvga qarshi turish yo‘li bilan sinovdan o‘tkazadi.

Hozirda YouTube Red`ga obuna bo‘lish imkoni faqat amerikalik foydalanuvchilarda mavjud.

Top