09:35 / 05.02.2016
2330

Tsukerberg 2030 yilgacha Facebook foydalanuvchilari sonini 5 milliardga yetishini aytdi

Facebook Mark Tsukerberg 2030 yilga qadar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 5 millardgacha ko‘payishini aytdi. Bu haqda USA Today xabar qildi.

“Biz hammani va har bir kishini birlashtirishni istaymiz, buni butun dunyodagi davlatlar hukumatlari va turli kompaniyalar bilan birgalikda amalga oshirmoqchimiz”, - dedi Tsukerberg ijtimoiy tarmoqning 12 yilligiga bag‘ishlangan marosimda.

2011 yildan buyon Facebook auditoriyasi ikki barobarga oshdi va hozirda foydalanuvchilar soni 1,5 milliard kishiga yetgan. Tsukerberg kompaniyasi turli davlatlardagi foydalanuvchilarni tarmoqqa jalb etish maqsadida har xil loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, internet.org global loyihasi va Free Basics xizmatlari internetga qulay ulanish imkonini taqdim etdi. Ushbu loyihalar Yerning butun aholisini internetga ulab, ularga bazaviy internet-servislar, jumladan, Facebook’ka bepul kirish imkoniyatini beradi.

Top