12:36 / 05.02.2016
22440

Dilnoza Kubayeva nima uchun filmlarda ko‘rinmay qolganini tushuntirdi

Aktrisa Dilnoza Kubayeva “Darakchi” muxbiri bilan suhbatda so‘nggi paytlarda filmlarda juda kam suratga tushayotgani sabablari haqida gapirdi.

“Keyingi paytlarda menga arzirli ssenariy kelmayotgani uchun kinoga tushmayapman. Stsenariyni qo‘liga olgan har qanday aktyor va aktrisa obrazidan qanoatlanishi, tomoshabinga nimadir berishini his etishi, muxlisni vaqti ketgani uchun achinmaydigan darajadagi obraz bo‘lishi, ijrochi uchun esa, esda qolarli bo‘lishi kerak. Shundagina,  u rolini ijro etishga kirishgani ma'qul.  Tan olib aytish kerak,  men rol tanlayman! Stsenariyni o‘qib ta'sirlanmasam rad etaman!”,-deydi aktrisa.

-Keyingi paytda qaysi aktrisaning ijodidan qoniqyapsiz?

- Sevara Soliyeva. Yuragi bor aktrisa. Ammo, rejissyorlarimiz undan foydalanishmayapti! Nargiza Salmonova ham Sevara kabi professional aktrisa ekanligini isbotlamokda. Dilnoza Umarova degan qiz bor “O‘gay ona” va “Erkatoy” kabi filmlar orqali tanish. Ming afsus, ko‘plab rejissyorlarimiz shu qizlarni ijrosidan foydalanishmayapti. Ko‘plab rejissyorlarni gapi bir  “Ma'quli yo‘q!”, ammo borlarini qadrlashmayapti.

Top