15:19 / 05.02.2016
4409

Emomali Rahmonning prezidentlikka cheksiz miqdorda saylanishini mustahkamlaydigan qonun konstitutsion sud tomonidan tasdiqlandi

Tojikiston konstitutsion sudi respublika parlamenti tomonidan taklif qilingan konstitutsion o‘zgartishlarni qonuniy deb tan olindi. O‘zgartishlarga muvofiq, amaldagi prezident Emomali Rahmon davlat va jamiyatning bugungi bosqichiga muvofiq tarzda ushbu lavozimda umrining oxirigacha qoladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, parlamentning quyi palatasi 22 yanvar kuni Emomali Rahmon Millat peshvosi maqomi sohibi sifatida cheklanmagan miqdorda prezidentlikka saylanishi mumkinligi borasida o‘zgartishlarni qabul qilgandi. Ushbu loyiha konstitutsion sud tarafidan tan olindi, endi, qonunchilikka muvofiq, parlament 15 kun ichida butunxalq referendumi o‘tadigan kunni e'lon qilishi lozim.

Top