22:46 / 05.02.2016
2776

FIFA "Shaxtyor"ning braziliyalik futbolchisini doping tufayli yarim yilga futboldan chetlashtirdi

FIFA "Shaxtyor" jamoasining braziliyalik himoyachisi Fredni 2016 yilning 27 iyuniga qadar barcha futbol musobaqalarida ishtirok etish huquqidan mahrum qildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq, Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMeBOL) ushbu futbolchini doping qabul qilishda ayblab, yarim yilga o‘z tasarrufidagi futbol o‘yinlaridan chetlatish bo‘yicha qaror chiqargandi.

KONMeBOL taqdim etgan ma'lumotlar FIFA tomonidan ko‘rib chiqilgan va unga boshqa turnirlar bo‘yicha ham diskvalifikatsiya qo‘llangan.

Ushbu futbolchi Braziliya termasi safida Amerika Kubogidagi ishtiroki vaqtida taqiqlangan gidroxlorotiazid moddasi qabul qilgani aniqlangan.

Top