22:00 / 05.02.2016
6847

Jonni Depp yosh Di Kaprioni qanday tahqirlaganini so‘zlab berdi

Amerikalik aktyor Jonni Depp 1993 yilda “Gilbert Greyp nimani yedi?” filmini suratga olish vaqtida yosh Di Kaprioni qanday masxaralaganini so‘zlab berdi, deya xabar qildi Variety.

“Men Leoni juda hurmat qilaman. U materialni o‘rganib, mazkur filmdagi roli ustida juda jiddiy ishladi. Men esa unga azob berdim. Jiddiy. Unga: “o‘z onangdan buni yashirar ekansan, senga sigaretimni chekishga bermayman”, - deganman”, -deya tan oldi Depp.

Jonni Depp yosh Di Kaprio bilan bog‘liq xotiralarini 4 fevral kuni Santa-Barbarada bo‘lib o‘tgan 31- “Zamonaviy mutaxassis” mukofotini qabul qilib olish vaqtidagi nutqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u Marlon Brando, Al Pachino va milliarder Donald Tramp bilan bog‘liq xotiralarini ham hikoya qildi.

Top