07:47 / 05.02.2016
5132

Neymarga mo‘may taklif bergan jamoa «MYu» bo‘lib chiqdi

Neymarning otasi tomonidan o‘z o‘g‘lining transferi uchun 190 mln yevro sarflashga tayyorligi aytilgan jamoa taxmin qilinganidek «Real» emas, «Manchester Yunayted» jamoasi bo‘lib chiqdi.

COPE nashrida yozilishicha, o‘tgan yilning yozida «Manchester Yunayted» klubi «Barselona» hujumchisi Neymarni sotib olishni istagan va kataloniyaliklarga 190 million yevro taklif qilgan. Bu haqda Neymar da Silvaning o‘zi ma'lum qilgan.

Katta Neymarning ta'kidlashicha, o‘shanda o‘g‘li «Barselona»dan ketishni istamagan. Uning klub bilan shartnomasi 2018 yilgacha tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldinroq Neymar uchun noma'lum klub 190 million yevro taklif qilgani aytilgan edi.

Ma'lumot uchun, 2013 yilda "Barselona"ga kelgan Neymar joriy mavsumda Ispaniya chempionatining 18ta o‘yinida maydonga tushgan va 16ta gol urib, 11ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasining 5 o‘yinida urilgan 2 gol va 3 ta golli uzatma ham bor.

Neymarning otasi: O‘g‘limga boshqa o‘ta hotamtoy jamoadan taklif berilgan

Neymarning otasi: O‘g‘lim faoliyatining oxirigacha «Barselona»da o‘ynashga majbur emas

Top