15:51 / 05.02.2016
5813

Nyu-Yorkdagi eng mashhur osmono‘par binoga dron kelib urildi

Katta bo‘lmagan o‘lchamdagi uchuvchisiz havo qurilmasi 4 fevral kuni kechki payt Nyu-Yorkdagi eng mashhur osmono‘par bino bo‘lmish 102 qavatli Empire State Building binosiga kelib urildi. Bu haqda megapolis politsiyasiga asoslangan holda TASS axborot agentligi xabar bergan.

Manbaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu binoning 40-qavatiga kelib urilib, so‘ng 35-qavatdagi maydonchalardan biriga kelib tushgan qurilmaning egasi, Nyu-Jyersida yashovchi yigit hibsga olingan. U bino qo‘riqchilariga qurilmani unga qaytarishlarini so‘rab tahdid qilganida xodimlar uni politsiyaga topshirgan.

Ma'lumot uchun, Empire State Building balandligi bo‘yicha Nyu-York megapolisidagi uchinchi o‘rinda, mamlakatda beshinchi o‘rinda turuvchi osmono‘par bino hisoblanadi. 1976 yildan beri shaharda muhim marosimlar vaqtida binoning yuqori qismini turli ranglarga bo‘yash an'anaga aylangan.

Top