18:01 / 05.02.2016
3300

OAV: saudiyalik investorlar Ukraina qishloq xo‘jaligi sohasiga 10 mlrd dollar sarmoya kiritmoqchi

Saudiyalik investorlar Ukrainada qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga 39,37 mlrd Saudiya riali (taxminan 10 mlrd dollar) sarmoya kiritmoqchi. Bu haqda Saudiyaning “Al-Vatan” nashri xabar berdi.

Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elichi Vadim Vaxrushev o‘tgan haftada 25 nafar tadbirkor bilan muzokaralar o‘tkazgan. Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm va ko‘chmas mulk sohalarida hamkorlikdagi loyihalar muhokama qilingan.

Uchrashuv ishtirokchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, “Istiktab” investitsion kompaniyasi rahbari Ahmad al-Baijanning fikricha, fevral uchrashuvlari mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlab, hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. “Yaqin vaqtlar ichida saudiyalik tadbirkorlarning Kiyevga, bir qator ukrain delegatsiyasining Ar-Riyodga tashrifi kutilmoqda”, - dedi tadbirkor.

Top