18:40 / 05.02.2016
3817

«O‘zbekneftgaz» yangi investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xorijiy investorlar o‘rtasida tender e'lon qildi

«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi «Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologik qidiruv, shuningdek, Urga, Oqchaloq va Chandir guruhidagi konlarda qazish ishlarini olib borish» investitsiyaviy loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi.

Loyiha xorijiy investitsiyalar ishtirokida tenglik sharoitlarida qo‘shma korxona tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘shma korxonani yaratish maqsadida xorijiy investor tanlov asosida aniqlanadi.

«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi neftgaz sohasida zamonaviy ishlash uslublariga ega bo‘lgan, investitsion loyihani birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor neftgaz kompaniyalarini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxona yaratish maqsadida chet ellik investorni tanlash uchun o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.

Ushbu loyihani birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lgan neftgazkompaniyalari tanlovda qatnashish uchun rasmiy talabnomani taqdim etishlari va o‘z kompaniyalari to‘g‘risidagi ma'lumotni ilova qilishlari lozim.

Belgilangan muddatgacha talabnoma uzatgan ishtirokchilar bilan belgilangan tartibda maxfiylik haqidagi bitimlar tuziladi. Maxfiylik haqidagi bitim tuzilgandan so‘ng tanlov ishtirokchilariga o‘z takliflarini tayyorlash va taqdim etishlari uchun belgilangan tartibda tegishli materiallar beriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabnomalar 2016 yil 1 mart kuni toshkent vaqti bilan soat 17:00 gacha qabul qilinadi», deyilgan xabarda.

Top