22:22 / 05.02.2016
10746

Ramzon Qodirov Checheniston bilan Ingushetiyaning birlashishiga qarshi chiqmoqda

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Checheniston bilan Ingushetiyaning birlashishiga qarshi chiqmoqda. U bu haqda instagramdagi sahifasida ma'lum qildi.

Qodirov Ingushetiya rahbari Yunus-Bek Yevkurov bilan ekstremizmga qarshi birgalikda kurashishga kelishib olganini qo‘shimcha qildi.

"Yunus-Bek Yevkurov bilan uchrashuvimiz bo‘lib o‘tdi. U bilan birgalikdagi sa'y-harakatlar yordamida har qanday ekstremistik ko‘rinishlarga qarshi kurashishga kelishib oldik", deb ta'kidlab o‘tdi Qodirov.

Qodirov Checheniston va Ingushetiyaning birlashtirilishi borasidagi fikrini bildirib o‘tdi.

"Checheniston bilan Ingushetiyani birlashtirishga urinayotganim haqidagi ig‘vogar gaplarga kelsak, men bunga hech qachon rozi bo‘lmayman. Va men qasam ichib aytishim mumkinki, bu birlashishga menchalik darajada qarshi odam yo‘q. Chechenlar va ingushlar – qardosh xalqlar. Biroq har bir respublikaning o‘z muammosi va vazifalari mavjud. Ularni qorishtirishning hech hojati yo‘q", deb aytdi Qodirov.

Qodirov gap aynan qanday "ig‘vogar gaplar" haqida ketayotgani borasida aniqlik kiritmadi.

Top