Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an Rossiya va rasmiy Damashq Suriyada odamlar o'limiga javobgar ekanliklarini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma`lum qildi. 

Erdo'g'an bu haqda Senegal prezidenti bilan uchrashuvidan keyingi matbuot-anjumanda aytib o'tdi. Uning aytishicha, Rossiya va Damashq Suriyada 400 ming odamning o'limiga javobgar.

Erdo'g'an, shuningdek, Rossiyani Suriyada Bashar Asad uchun "mitti davlat" yaratishda aybladi.