20:04 / 06.02.2016
3542

Moskvaning "Lokomotiv" futbol klubi tashkil topgan sanasini o‘zgartirmoqchi

Moskvaning "Lokomotiv" futbol klubi prezidenti Olga Smorodskaya klub o‘ziga asos solingan sanani o‘zgartirmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

"Men "Lokomotiv"ga kelishimga ulgurmasdan, klubga 75 yil to‘ldi. Va muxlislar klubga asos solingan 1936 yil "noto‘g‘ri" deya menga katta kuch bilan "hujum qilishgan", deb aytmoqda Smorodskaya.

"Biz buni taftish qilishni boshladik, ishchi guruh tashkil qildik, bu guruhga barcha manfaatdor tomonlar kiritildi. 1922 yil 23 iyulda Qozon temir yo‘lining "Kazanka" jamoasi o‘zining birinchi uchrashuvini o‘tkazgani haqida arxiv materiallari mavjud. Aynan shu jamoa negizida "Lokomotiv" tashkil etilgan deb hisoblashga barcha asoslar bor, barchasi shu jamoadan boshlangan.

Shu tariqa, "Lokomotiv"ga joriy yilda 94 yil to‘ladi. Men klubning direktorlar kengashiga "Lokomotiv"ga asos solingan sana sifatida 1922 yil 23 iyulni tasdiqlash iltimosi bilan murojaat qildim. Umid qilamanki, direktor kengashi bu sanani tasdiqlaydi va biz 2017 yilda jamoaning 95 yilligini katta tantana bilan nishonlaymiz", deb Smorodskayaning aytgan so‘zlarini keltirib o‘tdi "Sport-Ekspress" nashri.

Top