08:39 / 06.02.2016
6000

Mourinoga Xitoyda ishlash taklifi berildi

Xitoy superligasi "Chelsi"dan ketgach, ishsiz yurgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino bilan muzokara boshlagan.

Daily Mail nashri xabariga ko‘ra, liga rahbariyati 53 yoshli bu mutaxassisga mahalliy chempionat saviyasini oshirishda o‘z tajribalarini qo‘llashi uchun unga maslahatchi lavozimini taklif etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, uning xizmatlariga Angliyaning o‘zida ham qiziqish mavjud. "Manchester Yunayted" mavsum oxirida qoniqarsiz natijalari uchun Lui van Gaalni iste'foga chiqarib, bosh murabbiylikka Mourinoni tayinlamoqchi.

Qayd etish kerakki, keyingi oylarda Xitoyga davlat miqyosida e'tibor qaratilmoqda. Qishki transferlar vaqtida Xitoydagi jamoalar jami 260 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflashdi.

«MYu» Gvardiolaning «Man Siti»ga o‘tishi aniq bo‘lishi bilanoq, Mourino bilan muzokara boshlagan

Arsen Venger: Xitoyliklarda pul shunchalik ko‘pki, ularning qurbi Yevropadagi barcha ligalarni ko‘chirib ketishga ham yetadi

Top