07:38 / 07.02.2016
2120

Massimiliano Allegri: "Chelsi"? "Yuventus" bilan shartnomam bor va kelajagimni shu klub bilan bog‘lamoqchiman

Turinning "Yuventus" futbol klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri uning Londonning "Chelsi" klubiga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni inkor etdi.

"Mening kelajagimga kelsak, hammasi vaqti-soati kelib ma'lum bo‘ladi. Bugunda, yana takrorlayman, "Yuventus"da meni hammasi qoniqtiradi.

Menda "Yuventus" bilan amaldagi shartnomam bor hamda kelajagimni shu jamoa bilan bog‘lamoqchiman va u bilan qo‘yilgan maqsadlarga erishmoqchiman", deb aytdi italiyalik mutaxassis.

Top