15:50 / 07.02.2016
4184

O‘zbekistonlik yoshlar Twitter`da Navoiy va Bobur tavallud kunlarini dunyo trendiga olib chiqishmoqchi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining bir guruh yoshlari 9 va 14 fevral kunlari buyuk bobokalonlari Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomlari munosabati bilan virtual aksiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Aktsiya shartlariga ko‘ra, 9 fevral kuni soat 9:00dan boshlab Twitter ijtimoiy tarmog‘ida foydalanuvchilar #Navoiy575, 14 fevral soat 14:00dan boshlab esa #BoburDay heshtegi bilan post qilishi lozim bo‘ladi.

Facebook va Instagram tarmog‘i faollari ham postlarida heshteglarni ishlatgan holda ushbu tadbirga o‘z hissalarini qo‘shishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik Twitter foydalanuvchilari bungacha 3 marta – 2012 yili O‘zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi arafasida #uzb21, 2013 yili Mustaqillikning 22 yilligi arafasida #uzb22, 2015 yili esa FIFA referisi Ravshan Ermatovga bag‘ishlangan #IrmatovBest  heshteglarini jahon trendi darajasiga ko‘targan edi.

Top