12:57 / 07.02.2016
3055

Seul va Vashington raketaga qarshi mudofaa tizimlarining joylashtirilishini rasman muhokama qilishni boshlaydi

AQSh va Koreya Respublikasi yarimorolga Amerikaning raketaga qarshi THAAD mudofaa tizimini joylashtirish to‘g‘risidagi rasmiy muzokaralarga kirishishga kelishib oldi. Bu haqda “Ryonhap” agentligi Janubiy Koreya mudofaa mahkamasi ma'lumotlariga tayangan holda xabar qildi.

“AQSh va Koreya Respublikasi Shimoliy Koreya tomonidan uyushtirilayotgan tahdidlarning kuchayayotganiga javob tariqasida raketaga qarshi mudofaa sohasida Amerika-Koreya ittifoqi mudofaa salohiyatini oshirish choralari sifatida Amerika qo‘shinlarining THAAD tizimlarini Koreya hududiga joylashtirish istiqbollari to‘g‘risida rasmiy muzokaralarni boshlashga kelishib olishdi”, - deyiladi agentlik mahkama vakili so‘zlaridan keltirgan iqtibosda.

Vazirlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, tizim Shimoliy Koreyaning raketalari, jumladan, dengiz orqali uchiriladigan ballistik raketalar, R-17 (Scud) va "Nodon" toifasiga mansub raketlarni tutishi mumkin.

Tizimlarning joylashtirishi Xitoy xavfsizligiga rahna solmaydi va THAAD Koreya yarimorolida AQSh hududining xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmaydi, deya qo‘shimcha qildi vazirlik vakili.

Top