18:58 / 07.02.2016
3540

Xitoy Shimoliy Koreya elchisiga raketa uchirilishi munosabati bilan norozilik bildirdi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi tashuvchi-raketaning uchirilishi bo‘yicha munosabatini bildirish maqsadida KXDRning Pekindagi elchisini chaqirdi, deya xabar qildi RIA “Novosti”.

“XXR Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Lyu Chjenmin 7 fevral kuni KXDRning Xitoydagi elchisi bilan zudlikda uchrashuv o‘tkazishga kelishildi va unga Pxenyan tomonidan sun'iy yo‘ldoshni uchirish maqsadida ballistik raketadan foydalanilganiga nisbatan XXR pozitsiyasi ma'lum qilindi”, - deyiladi Xitoy TIV xabarida.

Vazirlikning qayd etishicha, Xitoy KXDRning ballistik raketalar uchirishiga qarshi chiqadi.

Top