11:57 / 08.02.2016
3114

2015 yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 41 trln so‘mga yetdi

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, muhim yuqori texnologiyali quvvatlarni ishga tushirishni jadallashtirish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish asosida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi natijasida 2015 yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 2014 yilga nisbatan 9,6 foizga o‘sib, 40,7 trln so‘mdan ko‘pni tashkil qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xabar qildi.
O‘zlashtirilgan investitsiyalar umumiy hajmining 3,3 mlrd. dollarini yoki 21 foizdan ortig‘ini chet el investitsiyalari va kreditlari (o‘sish - 9,1 foiz), shu jumladan 2,4 mlrd dollarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari tashkil qildi. 2015 yilda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun o‘zlashtirilgan mablag‘lari hajmi 728,6 mln dollarni tashkil qildi.
Investitsiyalar tarkibida eng katta hajmni markazlashmagan investitsiyalar (investitsiyalar umumiy hajmining 78,2 foizi), uning 30,9 foizini xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning o‘z mablag‘lari (o‘sish - 12,6 foiz) tashkil qildi, bu ishlab chiqarishlarni diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish tarmoq dasturlari hamda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlarining faol amalga oshirilishi natijasi bo‘ldi.

Top