19:20 / 08.02.2016
5264

AQShda 3 yoshli bolakay uydan to‘pponcha topib olib, opasini otib qo‘ydi

AQShning Alabama shtatida mudhish voqea sodir bo‘ldi. 3 yashar bolakay to‘pponcha topib olib, 9 yoshli opasini otib qo‘ydi.
Ayrondeyl politsiyasi rahbari Ken Atkinsonning ta'kidlashicha, voqea dam olish kunlari Birmingem chetida sodir bo‘lgan, deb xabar bermoqda AL.com.
Politsiya rahbarining so‘zlariga qaraganda, voqea “fojiaviy tasodif” deb baholanmoqda. Shunday bo‘lsa-da, oila a'zolari so‘roq qilinmoqda.
Yarador qiz olamdan o‘tgani aytilmoqda.

Top