17:45 / 08.02.2016
2245

Misrda avtobus ag‘darilib ketishi natijasida 4 kishi halok bo‘lib, 38 kishi jarohatlandi

Misrda avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l transport hodisasi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi va 38 kishi jarohatlandi. Bu haqda Egypt Independent xabar tarqatgan.

Portal ma'lumotiga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusi Qohiradan janubdagi Beni-Sueyf viloyati hududidagi yo‘llardan birida ag‘darilib ketgan. Voqea joyiga 19ta tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan.

Ushbu YTH sabablaridan biri sifatida haydovchining tuman qoplagan yo‘lda tezlikni oshirgani keltirilgan.

Nashrning qayd etishicha, Misr avtohalokatlar eng ko‘p sodir bo‘luvchi va bunday hodisalar tufayli eng ko‘p odam halok bo‘luvchi mamlakatlardan biridir.

Top