22:55 / 08.02.2016
4528

Obama Oq uyda Wi-Fi yomon ishlashidan shikoyat qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda Wi-Fi yomon ishlashidan shikoyat qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Obama o‘z ma'muriyati binosida internetning yomon ishlashi haqida mamlakatning bo‘lg‘usi prezidentiga maslahatlar haqidagi suhbat chog‘ida ma'lum qildi.

Obama o‘zining vorisi inauguratsiya qilingungacha Oq uydagi Wi-Fi to‘g‘rilanib qo‘yishi va risoladagidek ishlashiga umid bildirdi.

AQSh birinchi xonimi Mishel Obama Oq uyda Wi-Fi’ning yomon ishlashidan hammadan ko‘proq qizlari Sasha va Maliya aziyat chekishlarini aytdi.

Top