18:54 / 08.02.2016
2798

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. O‘zMU va Nizomiy nomidagi TDPU talabalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda shoirning bebaho asarlari, uning turli masalalar borasidagi qarashlari yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.

Navoiy asarlari keng mavzularni qamrab olganligi bilan ham ahamiyatlidir. Jumladan, qahramonlar hayot tashvishlariga qarshi mardonavor kurashadilar, ishqni o‘z umrlarining mazmuni deb bilganliklari bilan bir qatorda, asosiysi, odamiylikni ulug‘laydilar. Aynan shu sababli ham Navoiy ijodi nega hanuzgacha boqiy. Shuningdek, tadbir davomida talabalar tomonidan shoir g‘azallaridan namunalar o‘qib eshittirildi.


Yig‘ilish yakunida Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ta'kidlab o‘tildi. Bugungi kunda Internet tarmog‘iga Navoiyning 20 jildlik asarlari joylashtirilgani so‘zimizning tasdig‘idir.
Xumora Po‘latova, O‘zMU talabasi

Top