13:06 / 08.02.2016
6672

Rossiya Turkiya bilan asriy birodarlik shartnomasini bekor qilishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi tomonidan tayyorlangan murojaatda 1921 yil 16 martida RSFSR hukumati va Turkiya Buyuk xalq majlisi o‘rtasida imzolangan asriy birodarlik kelishuvini bekor qilish taklifi ilgari surilmoqda. Bu murojaat Rossiya prezidenti Vladimir Putin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov e'tiboriga havola etiladi, deb xabar beradi “Izvestiya” nashri.

Murojaat mualliflari – deputatlar Valeriy Rashkin va Sergey Obuxov – Anqaraning Moskvaga nisbatan “agressiya”sini bunga sabab qilib ko‘rsatmoqda.

“Bugun, Turkiya agressiyasining oshishi sharoitlarida bizning mamlakatimiz va ittifoqchilarimiz uchun manfaatsiz bo‘lgan Rossiya-Turkiya kelishuvlarini qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini yuridik jihatdan ishlash payti keldi”, - deb ta'kidlanadi murojaatda.

Top