16:11 / 08.02.2016
4879

Rossiyaning eng nufuzli olimi kimligi ma'lum bo‘ldi

Rossiyaning Levada-sentr sotsiologik markazi Fan kuniga bag‘ishlangan so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda ishtirok etganlar Rossiyaning eng nufuzli va mashhur olimlarini tanlashdi.

Respondentlarning fikricha, Dmitriy Mendeleyev ruslardan chiqqan eng buyuk olimdir (23 foiz ovoz to‘pladi). 18 foiz respondentlarning fikricha, bu nomga Mixail Lomonosov munosib. Yana 12 foiz kishi Sergey Korolyovni tilga oldi. Ishtirokchilarning 67 foizi savolga javob bera olmadi.

Eng buyuk tarixchilar ro‘yxatidan esa ishtirokchilar Nikolay Karamzinni tanlashdi (17 foiz). Ikkinchi o‘rinni Vasiliy Klyuchevskiy va Sergey Solovyov bo‘lishib olishdi (6 foizdan). Uchinchi o‘rinda Lev Gumilyov turibdi (3 foiz). Respondentlarning 65 foizi savolga javob bera olmadi.
Fan kuni Rossiyada 8 fevral kuni nishonlanadi.

Top