16:52 / 08.02.2016
3225

Samsung qo‘ldagi tomirlar orqali egasini aniqlash imkonini beruvchi soat ishlab chiqarmoqchi

Samsung vena qon tomirlarining joylashuviga qarab, egasini aniqlash mumkin bo‘lgan aqlli soatlar ustida ish olib bormoqda. Kompaniya bu borada patent olish uchun AQSh Patent va savdo belgisi boshqarmasi ariza topshirgan. Bu haqda idora rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Samsung bergan arizaga izoh berishicha, vena qon tomirlari chizmasi insonning ichki organizmida joylashgan bo‘lib, barmoq izlari himoyasidan ko‘ra ancha ishonchli ekanini himoya vositasiga aylanishi mumkin. Ya'ni barmoq izlari kabi uni soxtalashtirishning deyarli iloji bo‘lmaydi.

Vena tomirlari chizmasidan nusxa olish ikkita yoritgich va maxsus kamera yordamida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Agar soatdan ikki yoki uch kishi ishlatgan taqdirda soat avtomatik ravishda foydalanayotgan egasiga xizmat ko‘rsatishi va uning elektron kalitlari va mashina yoki uyining kalitlari uchun faollashishi mumkin bo‘ladi.

Top