14:48 / 09.02.2016
2413

"Arsenal" jamoasi muxlislari uyushmasi rahbariyatdan chiptalar uchun narxlarni 2019 yilgacha o‘zgartirmaslikni so‘rashdi

"Arsenal" jamoasi muxlislari uyushmasi rahbariyatga jamoaning 2019 yilgacha bo‘lgan o‘yinlari uchun chiptalar va abonementlari narxlarini muzlatib qo‘yishni so‘rab maktub yo‘llashdi.

"Kanonirlar" muxlislari bunga asos sifatida jamoaning yangi shartnomaga ko‘ra o‘yinlar translyatsiyasi evaziga olayotgan daromadi ko‘tarilganini keltirishmoqda. Bundan tashqari, muxlislar jamoa rahbariyatidan 18-21 yoshli londonlik va boshqa hududlardagi yoshlar bilan ishlash, ularni jalb qilish uchun maxsus imtiyozli chiptalar chiqarishni so‘rashgan.

Eslatib o‘tamiz, "Arsenal" safar o‘yinlari uchun chiptalarning 30 funt qilib belgilab qo‘yish g‘oyasiga qarshi chiqqan jamoalardan biri bo‘lgandi.

APLning yetakchi jamoalari chiptalar uchun narxlarni arzonlashtirish taklifiga qarshi chiqmoqda

Top