14:34 / 09.02.2016
4423

O‘zbekistonlik tvitterchilar #Navoiy575 heshtegini trendga olib chiqishdi

Bugun, 9 fevral - Alisher Navoiy tavalludining 575 yilligi munosabati bilan Tvitterning o‘zbekistonlik  foydalanuvchilari avvaldan kelishib olinganidek virtual fleshmob-aksiya tashkil qilishdi va #Navoiy575 heshtegini trendga olib chiqishdi.

Aktsiya davomida Tvitterdan tashqari Feysbuk hamda Instagram ijtimoiy tarmoqlari foydalanuvchilari ham #Navoiy575 heshtegini ishlatgan holda postlar qoldirishdi.

Hashtags.org xizmati ma'lumotiga ko‘ra, tvitterda #Navoiy575 heshtegi ostida aksiya boshlanganidan o‘tgan bir soat davomida  14 mingga yaqin tvitlar yozilgan. Keyingi soatlarda esa bu miqdor 16 mingtadan ortiqni tashkil qilgan.

Navbatdagi aksiya 14 fevral - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari #€ŽBoburDay heshtegi bilan post qoldirish kerak bo‘ladi. Aktsiya soat 14:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik tvitter foydalanuvchilari bungacha 3 marta – 2012 yili O‘zbekiston Mustaqilligining 21 yilligi arafasida #uzb21, 2013 yili Mustaqillikning 22 yilligi arafasida #uzb22, 2015 yili esa FIFA referisi Ravshan Ermatovga bag‘ishlangan #IrmatovBest  heshteglarini jahon trendi darajasiga ko‘targan edi.

Top