08:02 / 09.02.2016
2459

Rossiyaning Pskov viloyatida Mi-8 vertolyoti qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Pskov viloyatida Mi-8 vertolyoti qulab tushish oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Voqea joyidan ekipaj a'zolari bo‘lgan yana 3 kishining jasadi aniqlandi", deya xabar qilgan manba. Bundan oldinroq, bu halokatning ilk qurboni jasadi topilgani haqida xabar berilgandi.

8 fevral kuni kechasi Ostrov posyolkasi yaqinida Mi-8 vertolyoti qo‘na olmasdan qulab tushgan. Norasmiy manbalarga ko‘ra, bu vertolyot Rossiya Mudofaa vazirligiga tegishli bo‘lgan.

Dastlabki xabarlarda vertolyot qulashi texnik nosozlik tufayli ro‘y bergan.

Top