19:49 / 09.02.2016
4560

Serbiyalik general Tolimir Gaaga turmasida olamdan o‘tdi

Gaaga mahbuslarni saqlash markazida Serbiya Respublikasi armiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari Zdravko Tolimir qazo qildi, deb xabar beradi TANYuG agentligi.

67 yoshli mahbus nima sababdan olamdan o‘tgani aniqlashtirilmadi. Serb armiyasining sobiq bosh qo‘mondoni Ratko Mladichga yordamchi bo‘lgan Tolimir sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Xalqaro tribunal tomonidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 1992-1995 yillardagi Bosniya urushida bosniyalik serblar razvedkasi va konttrazvedkasiga nazoratchilik qilgan general insoniyatga qarshi jinoyatlar hamda harbiy jinoyatlarda, xususan, Srebrenitsa va Jyepa anklavlarida musulmonlarni yoppasiga qirg‘in qilishga aloqadorlikda aybdor deb topilgan edi.
U o‘zining aybini tan olmagandi.

Top