19:15 / 09.02.2016
2363

Uch yil ichida bironta o‘zbekistonlik sportchida doping qabul qilish holati aniqlanmagan

Oxirgi uch yil ichida bironta o‘zbekistonlik sportchida dopingga biologik namunalar tahlili ijobiy natija bermagan, ya'ni ularda doping qabul qilish aniqlanmagan.

Ayni vaqtda doping sinovlardan har yili 50 nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘tadi. Jahon antidoping agentligi qoidalariga ko‘ra, dopingga namuna oluvchi zobitlar sportchilar yoniga ogohlantirishsiz kelishadi va tekshiruv sportchilar uchun kutilmaganda amalga oshiriladi.

Sputnik nashrining O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidagi manbaga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilishicha, oxirgi uch yil ichida bironta o‘zbekistonlik sportchida dopingga biologik namunalar tahlili ijobiy natija bermagan.

Taqqoslash uchun, Rossiyada oxirgi 4 yil ichida doping qabul qilishda 16 sportchi ushlangan. Shuningdek, rossiyalik yengil va og‘ir atletikachilar ham doping qabul qilish bilan bog‘liq mojarolarga tushishgan.

Yengil atletika bo‘yicha 2005 va 2007 yilgi jahon chempionatlarida turli davlatlardan 28 nafar sportchi taqiqlangan vositalarni qabul qilishda qo‘lga tushgan.

Top