21:51 / 09.02.2016
3609

Volvo’ning eng katta universali ilk namoyishi sanasi ma'lum qilindi

Volvo kompaniyasi yangi V90 universalining ilk rasmiy namoyishi sanasini ma'lum qildi. Yangi mashina 18 fevralda Stokgolmdagi maxsus tadbirda namoyish qilinadi, so‘ngra Jyeneva avtosaloniga olib kelinadi.

Volvo V90 mashinasi SPA platformasida quriladi. V90 modeli V70 modeli o‘rniga keladi. Yangi universalning gabarit uzunligi 15 santimertga uzayadi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, boshlang‘ich bosqichda universalning motor qatoriga 4 silindrli,195 va 235 ot kuchiga ega dizelli motorlar hamda 320 ot kuchiga ega benzinli motor kiradi. Bundan tashqari, V90 gibrid kuch qurilmasi bilan ham taklif qilinadi, undagi agregatlarning jami quvvati 407 ot kuchini tashkil qiladi.

Shuningdek, universalning "quvvatli" va barcha yo‘llar uchun mo‘ljallangan versiyalari ham chiqarilishi mumkin.

Top