10:32 / 09.02.2016
4615

Yigitlar milliy armiya saflariga kuzatilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida mamlakatimizning barcha nuqtalarida yigitlarni armiya saflariga tantanali kuzatish tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Aytish kerakki, O‘zbekiston Resbublikasida Qurolli kuchlarni isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida har tomonlama kuchli tayyorgarlikka ega professional armiya shakllandi. Bu kasbning yoshlar orasidagi nufuzi yanada oshdi. Hozirda armiya saflariga har tomonlama baquvvat, salohiyatli va kuchli yigitlar saralab olinayapti. Aynan shunday fikrlar o‘tkazilayotgan kuzatish tadbirlarida ham e'tirof etilmoqda.

 “Kuzatish marosimini yanada mazmunli va esda qolarli tarzda o‘tkazish maqsadida barcha qulaylik yaratildi. Tantanali marosim, konsert dasturi, davlat va jamoat tashkilotlarining sovg‘alari, bayram dasturxoni – bularning barchasi bo‘lajak askarlarni, ota-onalarni xursand qilmoqda. Bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rlik tufayli muddatli harbiy xizmatga borish istagini bildirayotgan yoshlar safi yil sayin kengayib bormoqda”, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi sayti.

Top