10:20 / 10.02.2016
3897

Daily Mail: Mourino do‘stlariga o‘zining «MYu»ga o‘tish masalasi hal qilib bo‘lingani haqida aytdi

«Chelsi» klubining sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino yozda «MYu»da ish boshlashiga ishonchi komil.

Daily Mail nashrining xabar qilishicha, 53 yoshli bu mutaxassis do‘stlari bilan suhbat vaqtida «Old Trafford»da ish boshlashi bo‘yicha savol allqachon hal qilib bo‘lingani haqida bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtdagi bosh murabbiy Lui van Gaalning shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ayni vaqtda, 25 tur o‘yinlaridan keyin «Manchester Yunayted» 5-o‘rinda bormoqda. Jamoa turnir jadvali peshqadami «Lester»dan 12 ochko ortda qolib ketgan.

Lui van Gaal: «MYu» Mourino bilan muzokara o‘tkazayotganiga ishonmayman

Lui van Gaal jurnalistga: Mourino "MYu"ga keladi deysizmi? Ertaga men ham sizni ishdan bo‘shatishlarini so‘rayman

Joze Mourino: Tez orada ishga qaytaman

Top