Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an xavfsizlik bo'yicha favqulodda yig'ilish o'tkazmoqda, deb yozmoqda Hurriyet nashri.

Ta`kidlanishicha, kun tartibiga mintaqadagi vaziyat va terrorchilikka qarshi kurash masalasi qo'yilgan.

Yig'ilishda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo'g'lu, qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig'i Xulusi Oqar, ichki ishlar vaziri Efgan Ola va Milliy razvedka tashkiloti rahbari Haqon Fidon ishtirok etmoqda.