16:43 / 10.02.2016
14874

Kun fotosi: Bushning yelimlangan tuflisi

AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri, Bushlar oilasining uchinchi vakili, Texasning sobiq gubernatori bo‘lmish respublikachi Jyeb Bush saylovchilar bilan uchrashuvlardan biriga yirtiq joyi plastir orqali bekitilgan oyoq kiyimi bilan tashrif buyurdi.

Uning "kleylangan tuflisi" surati Reyter agentligi fotosuratchisi Brayan Snayder tomonidan tushirilgan va tarqatilgan.

Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, foydalanuvchilar unga turli munosabatlar bildirishgan. Kimdir bu uning sevimli tuflisi ekani, shuning uchun undan ayrila olmayotganini yozib, istehzo qilgan bo‘lsa, kimdir Bush bu plastirlarni tufliga oyoqlarini adashtirib yubormaslik uchun ataylab yopishtirib olgani haqida hazilomuz yozuvlar qoldirgan.

Top