22:10 / 10.02.2016
4515

«O‘zbektelekom» AK Xitoy kompaniyalaridan 204 mln dollarga asbob-uskunalar sotib oladi

Xitoyning Huawei Technologies va ZTE Corporation kompaniyalari "O‘zbektelekom" aksiyadorlik kompaniyasi bilan 204,668 million dollarlik bitimlar tuzadi. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bergan.

Milliy telekommunikatsiya operatori aksiyadorlari joriy haftada Huawei kompaniyasi bilan 118,5 mln dollarlik, ZTE bilan esa 86,3 mln dollarlik asbob-uskunalar sotib olish bo‘yicha kelishuv imzolashga rozilik bergan.

Bitim doirasida «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun uskunalar sotib oladi.

"O‘zbektelekom" – O‘zbekistonning eng katta telekommunikatsiya operatori. Uning tarmog‘lari butun respublika hududini qamrab olgan. Kompaniya provayderlarga ko‘chmas va uyali aloqa kanallari va ovozli aloqaning barcha turlari bilan ta'minlaydi. Kompaniya xizmatlari UzTelecom, UzMobile, UzOnline va Telecom TV savdo belgilari ostida tanilgan.

2015 yilning aprel oyida Uzmobile Toshkent va Toshkent viloyatida GSM tarmog‘ini ishga tushirdi. Abonentlarga GSM2G/3G/ HSPA+ i 4G LTE standartlarida xizmat ko‘rsatiladi.

2016-2020 yillarda respublikaning mobil aloqa tarmog‘ini rivojlantirishga 402,8 mln dollar mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu yo‘nalishda rivojlanish respublikada uyali aloqa foydalanuvchilari 67 foizdan 90 foizga yetkazilishi, 2020 yilda abonentlar soni 8 mln nafarga ko‘payib, 27 millionni tashkil qilishi kutilmoqda.

Top