09:46 / 10.02.2016
3806

Suriya hukumati Turkiya bilan chegaralarini mustahkamlamoqchi

Suriya prezidenti Bashar Asadning maslahatchisi Busayn Sha'ban Damashq Turkiya bilan chegaralarini mustahkamlamoqchi ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Biz shimoldagi operatsiya Turkiya ixtilofning boshidan beri Suriyaga jo‘natayotgan terrorchilarni to‘xtatish uchun chegaralar ustidan nazoratni qaytib olmagunimizgacha davom etishiga umid qilamiz", deb aytdi Sha'ban.

Suriya hukumati Lataqiya va Halab viloyatlaridagi isyonchilarga qarshi hujumni davom ettirmoqchi.

Top