20:01 / 11.02.2016
2713

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan bo‘lajak O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlari jadvalini muhokama qildi

11 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda TIV rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Suhbat davomida 19-21 yanvar kunlari Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi hamda boshqa uchrashuv va muzokaralar yakunlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda 2016 yilga mo‘ljallangan turli darajadagi O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlari jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Top