21:27 / 11.02.2016
4406

Bobur tavalludining 533 yilligi nishonlandi

O‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligi munosabati bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Unda filologiya fanlari doktori Ibrohim Haqqulov, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov mutafakkirlarimizning ijodiy merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu g‘oyalar haqidagi fikrlarning talabalar bilan o‘rtoqlashdi.

Anjumanda Zahiriddin Muhammad Boburning betakror she'riyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal ma'lumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.

Anjumanda shoir g‘azallaridan namunalar o‘qildi va mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi.

Top