08:25 / 11.02.2016
3288

IShIDga qarshi islom koalitsiyasining birinchi yig‘ilishi Ar-Riyodda mart oyida bo‘lib o‘tadi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda IShID terrorchilik guruhi jangarilariga qarshi kurashuvchi islom koalitsiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Al-Arabia nashri.

Ma'lum qilinishicha, terrorchilikka qarshi kurashga bag‘ishlangan yig‘ilish mart oyida bo‘ladi.

Tadbirning tafsilotlari keyinroq ma'lum qilinishi kutilmoqda.

Top