15:49 / 11.02.2016
4436

LG G5 flagmanining ekrani hech qachon o‘chmaydi

LG’ning keyingi flagmanlik smartfoni G5 ekran hech qachon o‘chmay, foydali axborotni – sanani, xabarlar va o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarni aks ettirib turishiga imkon beradigan funksiya bilan ta'minlanadi.

“Boshqalarga o‘xshab uxlamaydi. LG G5 har joyim yoqig‘liq”, - deyiladi LG Mobile’ning Facebook’dagi sahifasida chop etilgan xabarda.

Smartfon 21 fevral kuni Barselonada o‘tadigan Mobile World Congress ko‘rgazmasida namoyish etiladi.

Top