19:33 / 11.02.2016
4978

Raqs ohangida: DLUX studiyasining hisobot konserti

Raqsga tushish, sport va ijod bilan shug‘ullanish, kuylash, shunchaki emas, balki yosh yoki taniqli estrada xonandasi bilan bir sahnada chiqish qilish uchun vokal darslariga muntazam qatnashish.
Eng asosiysi-har bir mashg‘ulot besamar ketmaganini ko‘rsatish, ota-ona va do‘stlar oldida hisobot berish, omma bilan ishlay olish ko‘nikmalarini ko‘rsatish, sahnaga ilk qadam qo‘ygandagi va u yerdagi hamma projyektorlar senga qaratilgandagi qo‘rquvni yengish, musiqa va uning tarixini guruhdoshlaring bilan birga his etish, o‘zingni guruhning tarkibiy qismi sifatida sezish va har bir harakatni maksimal darajada ketma-ket olib borish.
Zalning guldiros qarsaklari, fotokameralar ovozini eshitish, atrofda yugurib yurgan operatorlarni ko‘rish, smartfonlar kameralari markazida bo‘lish, chuqur nafas olib, o‘z kuchingga ishonchni his etish, birinchi guldastani olish(Ota-onalar tomonidan uyushtirilgan bo‘lsa ham) muvaffaqiyat jurnaliga yana bir kichik muvaffaqiyatni qo‘shib qo‘yish.
7 fevral kuni 4 yoshdan boshlab 100 ga yaqin ishtirokchilar bilan navbatdagi “Raqs ohangida” hisobot konsert dasturini o‘tkazgan DLUX raqs studiyasining maqsadi xuddi shunday.
Tadbirga homiylik qilgan «Musaffo», «ForKids», «Sochnaya dolina», «BonCake» kabi savdo belgilarining ham g‘oyasi shu.


Kontsertga ishtirokchilar uch oy mobaynida tayyorgarlik ko‘rishdi va milliy raqs,zamonaviy xoreografiya, dancehall, hip-hop, jazzfunk, bolalar gimnastikasi, bolalar raqsi, vokal, lazgi, lady’sstyle va Lontin Amerikasi raqslari yo‘nalishlarida chiqish qildi.
Kontsertda bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun SeTanho guruhining yakkaxoni Laylo Galiyeva hamda yosh xonanda Ulug‘bek Holiqov tashrif buyurib, ishtirokchilar bilan bir sahnada qo‘shiq ijro etdi.
O‘zbekiston davlat sirki artistlarining ajabtovur akrobatik tryuklari bilan konsert yanada qiziqarli o‘tdi.
Kontsertning barcha ishtirokchilari va DLUX raqs studiyasi pedagoglari minnatdorlik yorliqlari va homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Indira, Leysanning onasi:

Bugun Leysan badiiy gimnastika bo‘yicha chiqish qiladi. DLUX raqs studiyasida biz besh oydan beri shug‘ullanamiz, konsertga 2,5 oy tayyorgarlik ko‘rdik ya'ni biz tanlab olingan qizlar guruhida edik, natijani bugun ko‘ramiz. Farzandlaringni sahnada ko‘rish, ulardagi ijodiy qobiliyatning rivojlanayotganini his etish-kishiga katta quvonch baxsh etadi. Tabiiyki, ko‘proq bayramlar bo‘lishini, bolalarning kulgusini ko‘proq ko‘rishni istaysan.

Tatyana, Alisaning onasi

DLUX raqs studiyasida biz bir yildan beri shug‘ullanamiz, yarim yil oldin gimnastika bilan shug‘ullanishni boshladik. Qizim Alisaning gimnastika bilan professional darajada shug‘ullanishini istayman. Mana shunday sahnalardagi kichik chiqishlar esa professional kelajak sari ilk qadamlardir. Biz sahnaga chiqish oldidan hayajonlanyapmiz. Uzoq vaqt tayyorgarlik ko‘rdik, ruhiy jihatdan tayyorlandik. Aminmanki, bolalar chiqishlari a'lo darajada bo‘ladi.

Laylo Galiyeva, SeTanho guruhi yakkaxoni:

-Men DLUX raqs studiyasining taklifini bajonidil qabul qildim. Sababi bizning bo‘lajak yulduzlarimizni, kelajak avlodni har doim qo‘llab-quvvatlashgan tayyorman. Bolajonlarga ijodiy muvaffiyatlar hamda hech narsadan qo‘rqmay, eng yaxshisi bo‘lishga intilishlarini tilayman.

Ulug‘bek Holiqov, yosh xonanda:

- DLUX raqs studiyasi bilan biz anchadan berni hamkorlik qilamiz. Meni hisobot konsertiga taklif qilishganida juda xursand bo‘ldim. Xuddi o‘zimni qachonlardir qo‘llab-quvvatlashgani kabi men ham bugun bolalarni qo‘llab-quvvatlash imkoniga ega bo‘lganimdan mamnunman. Ularning hammasiga omad tilagan holda, o‘z ustingizda ishlashdan hech qachon to‘xtamang, deyman.

Reklama huquqi asosida.

Top