20:53 / 11.02.2016
5369

«Sog‘lom ona va bola – yurt kelajagi» tanlovi g‘oliblari ma'lum bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida «Sog‘lom ona va bola – yurt kelajagi» deb nomlangan ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lg‘usi onalarning ma'naviyatini yuksaltirish, salomatligini mustahkamlash, ularni milliy hayot tarzimizga zid g‘oyalar ta'siridan himoyalash maqsadida tashkil etilgan «Sog‘lom ona va bola – yurt kelajagi» tanlovida ishtirokchi qizlarning odob-axloqi, chaqqonligi, zukkoligi, salomatlik borasidagi bilimi sinovdan o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zbekiston milliy axborot agentligi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, R.Glier nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi o‘quvchisi Oydinoy Barotova birinchi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti xuzuridagi akademik litsey o‘quvchisi Shahnoza Hakimova ikkinchi, Toshkent madaniyat kolleji o‘quvchisi Dildora Salimova uchinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Top