15:57 / 11.02.2016
2219

Top Gear avtoshousi boshlovchilarining yangilangan jamoasini tanishtirildi

Top Gear avtomobil shousi mualliflari dasturning yangicha ko‘rinishi boshlovchilari bilan tanishtirib o‘tdi. Kris Evans , Mett Leblan va Stig safiga yana to‘rt nafar odam kelib qo‘shiladi, deya xabar bermoqda Top Gear rasmiy sayti.

Top Gear boshlovchilari safiga irlandiyalik 67 yoshli Eddi Jordan kelib qo‘shilgan.

Oldin u VVS telekanalida Formula-1 musobaqalari bo‘yicha ekspert sifatida ishlagan.

Yangicha talqindagi Top Gear shousining yana bir boshlovchisi 46 yoshli germaniyalik poygachi Sabina Shmits bo‘lib, u 24 soatli Nyurburgringda bo‘lib o‘tadigan poygalar ishtirokchisi sanaladi. 1996 va 1997 yillarda u mazkur poygalarning umumiy natijalariga ko‘ra g‘alaba qozongan.

Top Gear shousiining yana 2 nafar yangi boshlovchilari avtomobil-jurnalistlar Kris Xarris va Rori Rid bo‘lishadi. Xarris Autocar va Evo jurnallarida ishlagan, shuningdek u Drive‘ning YouTube‘dagi kanalida chiqishlar qilib turgan. Rid esa Recombu nashri bosh muharriri bo‘lgan va Sky 1 telekanalidagi Gadget Geeks shousi boshlovchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

Ma'lumot uchun, Top Gear ko‘rsatuvining oldingi ko‘rinishida uch nafar boshlovchi: Jyeremi Klarkson, Jyeyms Mey va Richard Hammond ishlagandi. 2015 yilning bahorida prodyuser bilan kelishmovchilik natijasida Klarkson ishdan chetlatilgandi. Hozirda bu uchlik Amazon telekanalidagi yangi avto-shouda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Top