16:04 / 12.02.2016
2344

“Parnas” partiyasi Boris Nemtsov xotirasiga marsh o‘tkazmoqchi

Moskva shahar hokimiyatiga muxolif siyosatchi, o‘tgan yil fevralida o‘ldirib ketilgan Boris Nemtsov xotirasiga marsh uyushtirish haqida so‘rov yuborilgan. Bu haqda “Parnas” partiyasi federal siyosiy kengashi byurosi a'zosi Konstantin Merzlikin ma'lumot berdi.
“Tadbirning rasmiy ko‘rinishi – namoyish. Mitingsiz”, - uning so‘zlarini keltiradi Interfaks agentligi.

Murojaatda namoyishni 27 fevralga belgilash va 50 ming ishtirokchini mo‘ljallash so‘ralgan.

Boris Nemtsov 2015 yilning 27 fevral kuni Kreml yaqinida otib ketilgan edi.

Top