23:33 / 12.02.2016
4078

DiKaprio Mo‘g‘ulistonga safar qilish imkoniyatini sotib oldi

2016 yilgi "Oskar" mukofotiga nomzod Leonardo DiKaprio amfAR xayriya auksionida Mo‘g‘ulistonga ekspeditsiya qilish imkoniyatini sotib oldi, deb xabar bermoqda People nashri. Aktyor ekspeditsiyada ishtirok etish uchun 95 ming dollar to‘ladi.

Ekspeditsiyaga taniqli sayohatchi Yoxan Ernst Nilson boshchilik qiladi.

Auktsionda ko‘plab mashhur kishilar, jumladan aktrisa Uma Turman, aktyor Robert de Niro va rep ijrochi Jay-Z mehmon bo‘ldi. Auktsiondan tushgan barcha pullar amfAr – OITSni o‘rganish bo‘yicha Amerika jamg‘armasiga topshiriladi.

Top